Blanka Qo'llab-quvvatlash

Amaliyot hisoboti titul varag'i

Malakaviy, o'quv yoki ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti uchun titul varag'ini onlayn to'ldiring — Word yoki PDF formatida bepul.

1/3 · O'quv muassasa

Odatda o'zgartirish shart emas

Amaliyot hisoboti titul varag'i

O'quv rejasidagi amaliyot — o'quv, malakaviy, ishlab chiqarish yoki bitiruv oldi amaliyoti — yozma hisobot bilan yakunlanadi. Hisobot kafedraga topshiriladi va himoya qilinadi, uning birinchi sahifasi esa titul varaq bo'ladi.

Bu sahifada ish turi «HISOBOT» qilib tanlangan. Mavzu maydoniga amaliyot turi va o'tilgan joyni yozasiz — masalan, «Malakaviy amaliyot: «Uzcard» MChJ» — va titul tayyor.

Hisobot titulida nimalar yoziladi?

  • Vazirlik va o'quv muassasasining to'liq nomi, fakultet va kafedra.
  • «HISOBOT» yozuvi va amaliyot turi: o'quv, malakaviy, ishlab chiqarish yoki bitiruv oldi.
  • Amaliyot o'tilgan tashkilot nomi.
  • «Bajardi» — talaba va guruh; «Tekshirdi» — kafedradagi amaliyot rahbari.
  • Shahar va yil.

Amaliyot hisobotining tuzilishi

Titul varaqdan keyin odatda kirish, amaliyot o'tilgan tashkilot haqida ma'lumot, bajarilgan ishlar (kunlik yoki haftalik), olingan ko'nikmalar, xulosa va ilovalar keladi. Ko'p OTMlarda hisobotga amaliyot kundaligi va tashkilotdan tavsifnoma ham ilova qilinadi.

Tashkilotdagi amaliyot rahbari hisobot yoki kundalikka imzo qo'yib, tashkilot muhrini bosadi. Shuning uchun hisobotni amaliyot tugashidan oldin tayyorlab, imzo uchun vaqt qoldiring.

Ikki rahbar bo‘lsa

Amaliyotda ko'pincha ikki rahbar bo'ladi: kafedradan va tashkilotdan. Shablondagi «Tekshirdi» qatoriga kafedra rahbarini yozing. Tashkilot rahbarini ham titulda ko'rsatish kerak bo'lsa, Word faylni yuklab olib, «Tekshirdi» ostiga yana bir qator qo'shing.

Qanday to'ldiriladi

  1. O'quv muassasa, fakultet va kafedrani kiriting.
  2. «Mavzu»ga amaliyot turi va o'tilgan joyni yozing: «Ishlab chiqarish amaliyoti: ...».
  3. Ismingiz, guruhingiz va kafedradagi amaliyot rahbarini kiriting.
  4. O'ng tomondagi namunada titul qanday chiqishini tekshiring. Kerak bo'lsa, «Кирилл» tugmasi bilan kirill yozuviga o'tkazing.
  5. «Word (DOCX)» yoki «PDF» tugmasini bosing — fayl darhol yuklab olinadi.

Ko'p beriladigan savollar

Amaliyot o‘tilgan joyni qayerga yozaman?

«Mavzu» maydoniga: «Malakaviy amaliyot: Toshkent shahar hokimligi». Titulda u mavzu qatorida chiqadi.

«Fan» maydonini to'ldirish shartmi?

Yo'q. Amaliyot hisobotida fan ko'pincha yozilmaydi — maydon bo'sh qolsa, bu qator titulda chiqmaydi.

Hisobotni PDF qilib topshirsa bo'ladimi?

Ha. Titulni Word'da yuklab olib, hisobotingizni qo'shing va butun faylni PDF qilib saqlang. Faqat titul kerak bo'lsa, «PDF» tugmasidan foydalaning.

Xizmat pullikmi?

Yo'q, bepul va ro'yxatdan o'tishsiz ishlaydi.