Blanka Qo'llab-quvvatlash

Maxfiylik siyosati

Qisqasi: biz sizning hujjatingizdagi ma'lumotlarni saqlamaymiz va hech kimga bermaymiz.

Kiritgan ma'lumotlaringiz

  • Formaga yozgan ma'lumotlaringiz (ism, OTM, rasm va boshqalar) faqat sizning brauzeringizda — shu qurilmaning xotirasida saqlanadi, shunda sahifani yopsangiz ham yo'qolmaydi. «Tozalash» tugmasi ularni o'chiradi.
  • Namuna (preview) va Word (DOCX) fayl to'liq brauzeringizda yaratiladi, serverga hech narsa ketmaydi.
  • PDF so'raganingizda hujjat ma'lumotlari PDF yaratish uchun serverimizga bir martalik yuboriladi. Server ularni faqat xotirada qayta ishlaydi: diskka, bazaga yoki loglarga yozilmaydi va javob qaytgach o'chadi.

Statistika

Saytdan qanday foydalanilishini tushunish uchun Google Analytics va Yandex Metrica ishlatilishi mumkin. Ular sahifa ko'rishlar va «yuklab olindi» kabi umumiy hodisalarni hisoblaydi; hujjatingizdagi ma'lumotlar ularga yuborilmaydi.

Botlardan himoya

PDF yaratish suiiste'mol qilinmasligi uchun Cloudflare Turnstile tekshiruvi ishlatiladi.